FOYDALANUVCHI SHARTNOMASI
Toshkent sh.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan “Uzum Tezkor” MCHJ XK, STIR: 310088368 (keyingi o‘rinlarda – “Uzum Tezkor”), ushbu hujjatni e’lon qiladi. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq muomala layoqatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga – Foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan ommaviy oferta bo‘lib, u mazkur Shartnomaning shartlarini qabul qilgan Foydalanuvchi bilan “Uzum Tezkor” o‘rtasida tuzilgan deb hisoblanadi.
Ushbu Shartnoma “Uzum Tezkor” tomonidan istalgan Foydalanuvchiga quyidagi shartlar asosida tuzishni taklif qiluvchi ommaviy oferta hisoblanadi. Foydalanuvchi
“Uzum Tezkor” Servisidan foydalanishdan avval ushbu Shartnoma
bilan to‘liq
tanishib chiqishi shart. “Uzum Tezkor”
Servisida ro‘yxatdan
o‘tish, Uzum Tezkor Servisining har qanday funksiyalaridan,
dasturiy imkoniyatlaridan foydalanish, Servisda Buyurtmani rasmiylashtirish, keyinchalik Buyurtma uchun to‘lovni amalga oshirish fakti Foydalanuvchi tomonidan ushbu Shartnomani to‘liq va so‘zsiz qabul
(aksept) qilganligini anglatadi. Agar Foydalanuvchi Shartnomaning biror-bir bandi bilan rozi
bo‘lmasa, u Servisdan foydalanish huquqiga ega emas.
Uzum
kompaniyalar guruhi —
raqamli IT-ekotizimiga kiruvchi kompaniyalar majmuasi bo‘lib,
jumladan, ular bilan cheklanmagan holda, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
“UZUM MARKET” MCHJ XK, “UZUM TECHNOLOGIES” MCHJ XK, “UZUM TEZKOR” MCHJ XK,
“UZUM” MCHJ, “UZUM AUTO” MCHJ, “UZUM BANK” AJ, “SOLUTIONS LAB” AJ,
“KAPITALBANK” ATB, “SHAFFOF MOLIYA” MCHJ MFO hamda ularning affillangan shaxslari.
Oldi-sotdi
shartnomasi — Foydalanuvchi tomonidan Buyurtma rasmiylashtirilishi natijasida Foydalanuvchi va Sotuvchi o‘rtasida tuziladigan tovar oldi-sotdi shartnomasi.
Yetkazib
berish sharti bilan oldi-sotdi shartnomasi — Buyurtma
asosida Foydalanuvchi va Sotuvchi o‘rtasida tuziladigan, shuningdek, tovarning bevosita Sotuvchi tomonidan yetkazib berilishini nazarda tutuvchi oldi-sotdi shartnomasi.
Yetkazib
berish shartnomasi —
Buyurtma asosida Foydalanuvchi va Logistika hamkori yoki uning Kuryeri
o‘rtasida tuziladigan, tovarni belgilangan manzilga yetkazib berishni nazarda tutuvchi shartnoma.
Yetkazib
berish — Servis
orqali buyurtma qilingan tovarni Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan manzilga
yetkazish xizmati bo‘lib, u Logistika hamkorining Kuryeri yoki Sotuvchining vakili tomonidan amalga oshiriladi.
Buyurtma —
Servisda rasmiylashtirilgan
so‘rov bo‘lib,
Foydalanuvchi tomonidan oldi-sotdi shartnomasi, yetkazib berish shartnomasi yoki yetkazib berish sharti bilan oldi-sotdi
shartnomasini tuzishga qaratilgan hamda tovarning sotilish va yetkazib berilish
shartlariga rozilik bildirganligini tasdiqlovchi hujjat.
Logistika
hamkorining Kuryer(lar)i — Logistika
hamkori bilan shartnoma asosida ishlovchi va buyurtmalar
bo‘yicha tovar
yetkazib berish huquqiga ega bo‘lgan
jismoniy shaxs.
Uzum
Tezkor Logistika hamkori — Buyurtma
asosida Foydalanuvchi nomidan Kuryer orqali tovar yetkazib
berish xizmatlarini taqdim etish uchun
taklif bildirish hamda yetkazib berish shartnomasini tuzishni ta’minlovchi yuridik shaxs.
Maxfiylik
siyosati — Uzum Tezkor tomonidan
Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini noqonuniy kirish, yo‘q
qilish, o‘zgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatish hamda uchinchi shaxslar tomonidan boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun
qabul qilingan tashkiliy va texnik
choralar majmuasi. Ushbu siyosat bilan
quyidagi manzil orqali tanishish mumkin: https://uzumtezkor.uz/gdpr.
Foydalanuvchi —
Servisdan ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan
shartlar asosida foydalanib, tovar va yetkazib berish
xizmatlarini buyurtma qilish maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan va avtorizatsiyadan o‘tgan jismoniy shaxs.
Foydalanuvchi
shartnomasi — mazkur hujjat bo‘lib, quyidagi manzilda joylashgan: https://uzumtezkor.uz/terms-of-use.
Sotuvchi —
Uzum Tezkor hamkori bo‘lib,
Servis orqali tovarlarni sotish va ayrim hollarda
ularni Foydalanuvchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
Promokod —
ma’lum belgilar ketma-ketligidan iborat maxsus kod bo‘lib, u faollashtirilganida
va foydalanish shartlariga rioya qilingan taqdirda, Uzum Tezkor tomonidan
Foydalanuvchiga tovar va/yoki yetkazib
berish xizmatlari uchun chegirma taqdim etiladi. Promokodlardan foydalanish qoidalari bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: https://uzumtezkor.uz/promocodes.
Uzum
Tezkor Servisi (Servis) — internet tarmog‘ida https://uzumtezkor.uz manzilida joylashgan dasturiy ta’minot, shuningdek, Servisning mobil ilovasi va/yoki Uzum kompaniyalar
guruhi platformalaridagi veb-sahifalar (WebView) bo‘lib, Foydalanuvchilarga Servisdagi materiallar bilan tanishish, tovarlarni buyurtma qilish va yetkazib berish
xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
Servis
yig‘imi —
Uzum Tezkor tomonidan Foydalanuvchiga Servisdan foydalanish huquqi uchun undiriladigan
to‘lov bo‘lib, uning miqdori ushbu
Shartnomaning 1.5-bandida belgilangan.
Tovar — Sotuvchi tomonidan taqdim etiladigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat
mahsulotlari bo‘lib, jumladan, jamoat ovqatlanish muassasalarida tayyorlangan mahsulotlar, shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalari va/yoki
tibbiy buyumlar, biologik faol qo‘shimchalar,
dorixonalar orqali sotish ruxsat etilgan
boshqa mahsulotlar, veterinariya retseptisiz sotiladigan dori vositalari, ozuqaviy qo‘shimchalar va veterinar dorixonalari orqali sotish mumkin
bo‘lgan boshqa mahsulotlar hamda elektron tijorat orqali sotishga ruxsat etilgan boshqa mahsulotlar. Ushbu tovarlar oldi-sotdi shartnomasi yoki yetkazib berish
sharti bilan oldi-sotdi shartnomasining predmeti hisoblanadi.
1.1.
Servis – bu yagona axborot tizimi bo‘lib, Foydalanuvchilarga
Tovarlarni tez va oson topish,
Buyurtma rasmiylashtirish va Yetkazib berish
xizmatidan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu jarayon
mazkur Shartnomada belgilangan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
1.2. Foydalanuvchi
Servisdan “bor holicha” foydalanish huquqiga ega ekanligini
tushunadi va qabul qiladi. Uzum
Tezkor hech qanday kafolat yoki va’dalarni bermaydi hamda Tovarlarning sifati, Yetkazib berishning kechikishi, texnik nosozliklar, xatoliklar, noto‘g‘ri yoki o‘z vaqtida bajarilmagan
yetkazib berish, to‘lov tizimlari va banklar faoliyatidagi
uzilishlar, Servis dasturiy ta’minotining o‘rnatilishi, yangilanishi, ishlashi (shu jumladan,
boshqa dasturiy mahsulotlar bilan mos kelmasligi), shuningdek, Foydalanuvchining Servisdan kutgan natijalariga mos kelmasligi kabi holatlar uchun javobgar emas.
1.3. Agar Foydalanuvchi
Uzum Tezkor tomonidan kiritilgan o‘zgarishlarga rozi
bo‘lmasa, u Servisdan foydalanishni to‘xtatish huquqiga ega. Bunday
holatda, u Servis qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi kerak.
1.4. Ushbu
Shartnomaga muvofiq va undagi barcha
shartlarga rioya etilgan taqdirda, Uzum Tezkor Foydalanuvchilarga
Servisdan foydalanish huquqini taqdim etadi. Ushbu huquq
Shartnoma amal qiladigan muddat davomida va unda
belgilangan shartlar doirasida beriladi. Uzum Tezkor istalgan
vaqtda, oldindan ogohlantirmasdan, Servis tarkibini cheklash, kengaytirish, o‘zgartirish
yoki Servisning ayrim funksiyalarini o‘zgartirish va modifikatsiya qilish huquqiga ega.
1.5. Servisdan
foydalanish huquqi Foydalanuvchiga faqat shaxsiy notijorat maqsadlarda foydalanish uchun beriladi va quyidagilarni o'z ichiga oladi:
-
Foydalanuvchining shaxsiy qurilmalarida Servisning alohida elementlarini (jumladan, mobil ilovani) ishlatish huquqi;
-
Servisning foydalanuvchi interfeysida mavjud bo'lgan ma'lumotlar va ko'rsatmalardan foydalanish huquqi.
1.6. Servisdan foydalanish huquqi uchun Foydalanuvchidan Servis yig‘imi
undiriladi. Uning miqdori Shartnomaning 1.5-bandida
belgilangan hajmda bo‘lib, Buyurtma
rasmiylashtirilayotgan paytda
Servisda ko‘rsatiladi. Uzum Tezkor mazkur
yig‘im miqdorini
Shartnoma amal qilish muddati davomida o‘zgartirish huquqiga ega.
1.7. Foydalanuvchi
Uzum Tezkor billing tizimining texnik xususiyatlariga ko‘ra,
Servis yig‘imiga 1 so‘m miqdorida tuzatishlar kiritilishi mumkinligini tushunadi va bunga rozi
bo‘ladi. Servis yig‘imining aniq
miqdori Foydalanuvchiga taqdim etilgan fiskal chekda aks
etadi.
1.8. Uzum
Tezkor O‘zbekiston
Respublikasining “Iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 221-I-sonli
Qonuni ma’nosida vakolatli tashkilot hisoblanmaydi. Agar Foydalanuvchi
oldi-sotdi shartnomasi yoki yetkazib berish
shartnomasi bo‘yicha
Uzum Tezkor’ga murojaat qilsa, Uzum Tezkor ushbu
masala yuzasidan Sotuvchi, Logistika hamkori yoki Logistika hamkorining Kuryeri bilan bog‘liq ma’lumotlarni
taqdim etish hamda ulardan kelib
tushgan ma’lumotlarni Foydalanuvchiga yetkazish huquqiga ega.
1.9. Foydalanish qulayligi, xizmatlar/dasturiy taʼminot mahsulotlarining izchilligini taʼminlash va Foydalanuvchiga yagona xizmat koʻrsatish maydoni bilan taʼminlash maqsadida “Uzum” kompaniyalar guruhining xizmatlari/dasturiy taʼminot mahsulotlari, shu jumladan, Servis
bir-biri bilan integratsiya bo’lishi mumkin. Xizmatlar/dasturiy ta'minot mahsulotlarining funktsiyalari va jarayonlarini integratsiyalashuvi ularning funksional imkoniyatlaridan birgalikda foydalanishni (WebView
yoki Uzum kompaniyalar guruhining nativ ilovalaridan foydalanish yoki bir ilovadan boshqasiga
yo'naltirish orqali), jarayonlarning uzluksiz bajarilishini va bir xizmat/dasturiy
ta'minot mahsulotidan ikkinchisiga aniq tashkil etilgan tarzda boshqarishni ta'minlaydi. Bunday integratsiya texnik o'zaro hamkorlikni,
ma'lumotlar almashuvini, profillarni sinxronlashtirishni,
shu jumladan ko'rsatilgan maqsadlar uchun zarur bo'lgan
darajada shaxsga doir ma'lumotlarni, shuningdek, mazkur Shartnoma va Maxfiylik
siyosatida nazarda tutilgan o'zaro bajarilish hamkorlikning boshqa shakllarini o'z ichiga olishi
mumkin.
1.10. Foydalanuvchiga Uzum Tezkor
Servisi
funksionalligidan foydalangan
holda Uzum Marketda buyurtma berish imkoniyati beriladi. Uzum Marketdan foydalanish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
- https://legal.uzum.uz/user-agreement-ru.html
havolasida joylashgan “Uzum Market” MChJ
XK Foydalanuvchi
shartnomasi,
- https://legal.uzum.uz/privacy-policy.html
havolasida joylashgan
“Uzum Market” MChJ XK
Maxfiylik siyosati.
2.1. Buyurtma rasmiylashtirish hamda Servisning ayrim funksiyalaridan foydalanish imkoniyati Foydalanuvchi Servisda va/yoki
Uzum kompaniyalar guruhi mobil ilovalari
va xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tib,
avtorizatsiyadan o‘tgandan so‘ng taqdim etiladi.
2.2. Servisda avtorizatsiya qilish uchun Foydalanuvchi o‘z mobil
telefon raqamini kiritishi va avtorizatsiya
kodini olishi lozim.
2.3. Ro‘yxatdan
o‘tish jarayonida Foydalanuvchi ushbu Shartnomaning barcha shartlariga so‘zsiz roziligini bildiradi hamda Maxfiylik siyosatiga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilik beradi.
2.4. Ro‘yxatdan
o‘tish jarayonida Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish shaklida so‘ralgan shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, Foydalanuvchining profili (hisob yozuvi) orqali Servisda amalga oshirgan barcha harakatlari shaxsan u tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
2.5. Foydalanuvchi Servisda avtorizatsiya va ro‘yxatdan
o‘tish jarayonida olingan va uning
profilida saqlanadigan ma’lumotlar, shu jumladan parollar maxfiyligini ta’minlash va ularni uchinchi
shaxslarga oshkor qilmaslik uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Shuningdek, u Servisdagi profilingda amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun to‘liq
javobgar bo‘ladi.
2.6. Foydalanuvchi o‘z profiliga
ruxsatsiz (noto‘g‘ri) kirish holati yoki
xavfsizlik buzilgan har qanday holat
yuz bergan taqdirda, bu haqda
zudlik bilan Uzum Tezkor qo‘llab-quvvatlash
xizmatiga (Servis qo‘llab-quvvatlash xizmati Chati) xabar berishi
shart.
2.7. Foydalanuvchi Servis tizimida faqat bitta profilga
ega bo‘lish
huquqiga ega. Bir nechta profillar yaratish va ushbu
holatdan manfaat ko‘rish uchun
chalg‘ituvchi harakatlarni amalga oshirish ushbu Shartnoma shartlarini buzish hisoblanadi va bunday harakatlar Foydalanuvchining barcha profillarining darhol bloklanishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ushbu Foydalanuvchiga tegishli barcha telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va bank kartalari kelajakda Servisda foydalanish uchun bloklanishi mumkin.
2.8. Foydalanuvchining Servisga kirish darajasi uning yashash joyi, yetkazib
berish manzili, yetkazib berish hududining mavjudligi, Logistika hamkori va/yoki uning
Kuryeri yoki Sotuvchining vakili tomonidan olib ketish uchun mavjud
bo‘lgan Tovarlarning
mavjudligi, Logistika hamkori va uning
Kuryerining ish yuklamasi va ish
rejimi hamda boshqa texnik va
tashkiliy omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ushbu omillar
Servis funksionalligining ayrim Foydalanuvchilar uchun cheklanishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
3.1.
Foydalanuvchi Servisda Buyurtmani faqat Uzum Tezkor Servisida
yoki Uzum kompaniyalar guruhi ilovalarida ro‘yxatdan
o‘tib, avtorizatsiyadan o‘tgandan so‘ng hamda Buyurtmaning minimal summasi bo‘yicha talablarni bajargan taqdirda rasmiylashtirishi mumkin. Minimal buyurtma summasi har bir
Sotuvchi tomonidan Servisdagi tegishli sahifasida belgilanadi.
3.2.
Foydalanuvchi Buyurtmani quyidagi usullardan biri orqali to‘lashi mumkin:
3.2.1. Buyurtmani
olganida yetkazib berish xizmati (Logistika hamkori va/yoki Logistika
hamkorining Kuryeri va/yoki Sotuvchi)
orqali naqd pul bilan to‘lash;
3.2.2. Servisda bank kartasi orqali onlayn to‘lov
qilish;
3.2.3. Uzum Bank ilovasi orqali bank kartasi bilan onlayn
to‘lov qilish;
3.2.4. Uzum Nasiya
bo‘lib-bo‘lib to‘lash xizmati orqali Uzum Bank ilovasi orqali belgilangan tariflar asosida mikromoliya tashkiloti bilan tuzilgan mikromoliya shartnomasiga muvofiq onlayn to‘lov qilish;
3.2.5. Servisda mavjud bo‘lgan
boshqa usullar orqali to‘lovni amalga oshirish.
Agar Foydalanuvchi
Uzum Nasiya orqali bo‘lib-bo‘lib
to‘lash usulini tanlasa, u MCHJ MFO “SHAFFOF MOLIYA” bilan
mikromoliya shartnomasini tuzadi.
3.3. Agar Foydalanuvchi Servisda onlayn to‘lov
usulini tanlasa, u “UZUM
BANK” AJ ning himoyalangan to‘lov sahifasiga yo‘naltiriladi va u yerda bank kartasi ma’lumotlarini kiritishi lozim. Foydalanuvchi qo‘shimcha identifikatsiya
talablari va usullari haqida batafsil ma’lumotni o‘z bankidan olishi
mumkin. Onlayn to‘lovlarni amalga
oshirish va foydalanuvchilardan to‘lovlarni qabul qilish uchun
Uzum Tezkor to‘lov agenti sifatida
“UZUM BANK” AJ hamda “UZUM” MCHJ (keyingi
o‘rinlarda – To‘lov agenti) xizmatidan foydalanadi.
3.4. Servisda Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida onlayn to‘lovlarning
xavfsizligi “UZUM BANK” AJ tomonidan
kafolatlanadi. Barcha bank kartalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar O‘zbekiston
Respublikasi amaldagi qonunchiligiga va to‘lov tizimlari talablariga muvofiq bajariladi. Onlayn to‘lovlar bo‘yicha
ma’lumotlarni uzatishda maxsus xavfsizlik texnologiyalari qo‘llaniladi. Ma’lumotlar to‘lov
tizimi operatorining xavfsiz va yuqori
texnologiyali serverida qayta ishlanadi.
3.5. Foydalanuvchi Servisdagi profiliga bank kartasini bog‘lash imkoniyatiga
ega. Kelgusida Foydalanuvchi tomonidan rasmiylashtirilgan har qanday Buyurtma uchun to‘lov,
bank kartasi rekvizitlarini
qayta kiritishga hojat qolmagan holda, profilga bog‘langan kartadan avtomatik ravishda yechib olinadi, agar Foydalanuvchining banki qo‘shimcha xavfsizlik choralarini qo‘llasa, onlayn to‘lovni tasdiqlash uchun “To‘lash” tugmasini bosish va bir
martalik parolni kiritish talab qilinishi mumkin.
3.6. Bank kartalari bo‘yicha
barcha operatsiyalarni tasdiqlash (avtorizatsiya) bank tomonidan amalga oshiriladi. Agar bank ushbu operatsiyani firibgarlik xususiyatiga ega deb hisoblash uchun asos topsa, u mazkur
to‘lovni amalga
oshirishni rad etish huquqiga ega. Bank kartalaridan foydalanib firibgarlik sodir etish O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga
muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida
Uzum Tezkor bank kartalari orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarni o‘z
imkoniyatlari doirasida tekshirish huquqiga ega.
3.7. Servisda to‘lov uchun
ko‘rsatilgan summa Foydalanuvchi
tomonidan shakllantirilgan Buyurtmaning umumiy qiymatini ifodalaydi. Shu bilan birga, Uzum Tezkor Sotuvchi va Logistika
hamkori va/yoki Kuryer tomonidan
taqdim etilgan ma’lumotlarning mazmuni va dolzarbligi uchun, jumladan, Tovarlarning va/yoki ko‘rsatilayotgan
xizmatlarning narxi, Tovarni tayyorlash/yig‘ish va Yetkazib
berish muddatlari hamda Tovarlarning ayni paytdagi mavjudligi
bo‘yicha javobgar emas.
3.8. Foydalanuvchi tushunadi va rozi bo‘ladi,ki, Servisda ko‘rsatilgan Tovar va Yetkazib berish narxi Uzum Tezkor
billing tizimining texnik xususiyatlari sababli avtomatik ravishda yuqoriga yoki pastga
qarab yaxlitlanishi mumkin. Tovarning aniq (to‘liq/to‘g‘ri) qiymati fiskal chekda qayd
etiladi va Foydalanuvchiga taqdim etiladi.
3.9. Foydalanuvchi tomonidan vazn birliklarida sotiladigan Tovar xarid qilingan taqdirda, uning aniq qiymati Sotuvchi
tomonidan tortish jarayonidan so‘ng
belgilanadi va Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida ko‘rsatilgan narxdan ozgina farq qilishi mumkin.
Ushbu holatlarda Uzum Tezkor 1.7-bandda ko‘rsatilgan tartibda
Servis yig‘imi summasiga tuzatishlar kiritish huquqini saqlab qoladi.
3.10. Ayrim hollarda, naqd pulsiz to‘lovlarni rag‘batlantirish,
Servis ommabopligini oshirish, Foydalanuvchilarni jalb qilish hamda
boshqa shu kabi maqsadlarda, Uzum Tezkor Tovar va/yoki Yetkazib
berish qiymati uchun chegirma taqdim etuvchi Promokodlarni taqdim etishi mumkin. Bunday chegirmalar Uzum Tezkor qaroriga
binoan belgilanadi va aniq sharoitlar
va holatlarga bog‘liq ravishda
qo‘llaniladi. Chegirmalarning
miqdori Foydalanuvchi uchun Servisda ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan holatlarda, Uzum Tezkor 1.7-bandda ko‘rsatilgan
tartibda Servis yig‘imi summasiga tuzatishlar kiritish huquqini saqlab qoladi.
3.11. Fiskal chek Foydalanuvchiga
Servisning “Buyurtmalar” bo‘limida va/yoki “Profil” → “Buyurtmalar tarixi” bo‘limida Buyurtma yetkazib berilgandan so‘ng taqdim etiladi.
To‘lov bo‘yicha
savollar yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchi Servis qo‘llab-quvvatlash xizmati Chatiga murojaat qilishi mumkin.
3.12. Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirish orqali quyidagi shartnomalardan birini tuzadi:
- Oldi-sotdi
shartnomasi va Yetkazib berish shartnomasi yoki
- Yetkazib
berish sharti bilan oldi-sotdi shartnomasi.
Foydalanuvchi
Sotuvchi bilan Tovarni sotib olish
bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri
shartnomaviy munosabatga kiradi, shu jumladan,
agar Yetkazib berish Sotuvchi tomonidan amalga oshirilsa, yetkazib berish sharti bilan. Logistika
hamkori va/yoki Logistika hamkorining Kuryeri bilan esa Tovarni
yetkazib berish bo‘yicha shartnomaviy
munosabatga kiradi.
Servisda
Buyurtmani rasmiylashtirish
Foydalanuvchining Oldi-sotdi
shartnomasi, Yetkazib berish shartnomasi yoki Yetkazib berish
sharti bilan oldi-sotdi shartnomasining barcha muhim shartlariga
hamda ushbu Shartnomaning Servisdan foydalanish shartlariga to‘liq roziligini
bildiradi.
3.13. Foydalanuvchi tomonidan tuziladigan shartnomalarning muhim shartlari Uzum Tezkor orqali
Sotuvchi va/yoki Logistika hamkori tomonidan taqdim etiladi hamda Servisda e’lon qilingan Tovar tavsifi, uni sotib
olish shartlari va Yetkazib berish
shartlarida aks ettiriladi.
3.14. Foydalanuvchi bilan tuzilgan Oldi-sotdi shartnomasi yoki Yetkazib berish
sharti bilan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha barcha
huquq va majburiyatlar bevosita Sotuvchi zimmasiga yuklatiladi, Yetkazib berish shartnomasi bo‘yicha esa barcha
huquq va majburiyatlar Logistika hamkori yoki Logistika
hamkorining Kuryeriga tegishlidir.
3.15. Servisda ro'yxatdan o'tish va/yoki
Buyurtma rasmiylashtirish orqali Foydalanuvchi quyidagilarni olishga rozilik bildiradi:
(i) Elektron
pochta xabarlari, jumladan:
a) Buyurtma rasmiylashtirilgandan so‘ng
uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi
to‘g‘risidagi bildirishnomalar;
b) Buyurtma Yetkazib berish jarayoniga ta’sir qiluvchi holatlar yoki uning holati
haqida tezkor ma’lumot.
(ii) “Play Mobile” MChJ,
“EIGHT GROUP” MChJ, “IST TELEKOM” QK MChJ, “COSCOM” MChJ tomonidan Uzum Tezkor va
Uzum kompaniyalar guruhi nomidan ko’rsatilgan mobil telefon raqamiga axborot va reklama
tusidagi SMS-xabarlar.
(iii) Qo‘ng‘iroqlar,
jumladan, Uzum Tezkor yoki Sotuvchi
tomonidan Buyurtmani o‘zgartirish yoki bekor qilish zarurati
tug‘ilganda;
(iv) Buyurtma holati haqida axborot
va reklama tusidagi push-xabarnomalar;
(v) Qo‘ng‘iroqlar
va/yoki push-xabarnomalar, Foydalanuvchining Servis, Sotuvchi yoki Logistika hamkori faoliyatini baholash bo‘yicha taklif olish maqsadida.
Agar Foydalanuvchi SMS-xabarlar,
push-xabarnomalar yoki qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish funksiyasini
o‘chirsa yoki bloklasa, u Buyurtmaning Yetkazib berilishi mumkinligi yoki imkonsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron pochta manzili orqali olishga rozilik bildiradi.
Foydalanuvchi
Servisni
qo'llab-quvvatlash Chatiga murojaat qilib, SMS xabarlar va push-xabarnomalarni yuborishni rad etishga haqli.
3.16. Foydalanuvchi va Sotuvchi o‘rtasida
Oldi-sotdi shartnomasi yoki Yetkazib berish
sharti bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadigan
moment — Foydalanuvchi “Buyurtmani
yuborish” tugmasini bosgan payt (agar to‘lov naqd pulda
amalga oshirilsa) yoki “To‘lash” tugmasini bosgan payt (agar onlayn to‘lov amalga oshirilsa).
Agar to‘lov Servis orqali onlayn
tarzda amalga oshirilayotgan bo‘lsa, Foydalanuvchiga to‘lovni yakunlash uchun cheklangan vaqt beriladi. Ushbu muddat tugaganidan so‘ng, agar to‘lov
amalga oshirilmasa, ekranda “To‘lov muddati tugadi” (Vaqt tugadi) xabari
aks etadi. Har qanday sababga ko‘ra onlayn-tranzaksiya
amalga oshirilmagan taqdirda, Foydalanuvchiga “Buyurtma bekor qilingan. Afsuski, to‘lov amalga
oshmadi. To‘lov
usulini tekshirib, qayta urinib ko‘ring”
xabarnomasi
ko‘rsatiladi. Agar onlayn to‘lov Servisga
tushmasa, bu holatda Oldi-sotdi shartnomasi yoki Yetkazib berish sharti bilan oldi-sotdi
shartnomasi tuzilgan hisoblanmaydi.
3.17. Agar
Foydalanuvchi Sotuvchi bilan Yetkazib berish sharti bilan
oldi-sotdi shartnomasini tuzgan bo‘lsa,
Buyurtmani Yetkazib berish majburiyati Sotuvchi zimmasiga yuklatiladi. Buyurtmani Yetkazib beruvchi Sotuvchining vakili haqidagi ma’lumotlar, yetkazib berish jarayoni va Buyurtmaning
taxminiy yetkazib berilish vaqti Foydalanuvchi uchun Servisdagi Sotuvchining tegishli sahifasida ko‘rsatiladi. Sotuvchining
Buyurtmani topshirish majburiyati Buyurtma Foydalanuvchiga yoki u ko‘rsatgan shaxsga
topshirilgan paytda bajarilgan deb hisoblanadi.
Uzum
Tezkor Sotuvchining harakatlari yoki harakatsizligi, Buyurtma tarkibi va sifati,
soni, to‘liq
komplektatsiyasi, shuningdek,
Servisda Sotuvchining tegishli sahifasida ko‘rsatilgan Yetkazib berish muddatlariga rioya etilishi uchun javobgar emas. Agar Foydalanuvchida Buyurtma yoki Yetkazib
berish bilan bog‘liq savollar
yoki tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, Uzum
Tezkor Foydalanuvchiga Sotuvchining telefon raqamini taqdim etadi.
Uzum
Tezkor Foydalanuvchiga Sotuvchi bilan yuzaga kelgan nizoli
vaziyatlarni hal etishda ko‘maklashish
huquqiga ega, shuningdek, kelgusida Servis orqali rasmiylashtiriladigan
Buyurtmalar bo‘yicha Sotuvchi tomonidan taqdim etiladigan Tovar yoki Yetkazib berish
xizmatlariga chegirma beruvchi Promokod taqdim etishi mumkin.
Foydalanuvchi “Buyurtmani yuborish” yoki “To‘lash” tugmasini
bosish orqali Sotuvchi bilan Oldi-sotdi shartnomasi yoki Yetkazib berish
sharti bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzishga to‘liq va so‘zsiz rozilik
bildiradi.
3.18. Agar Buyurtma Logistika hamkori yoki Logistika hamkorining Kuryeri tomonidan yetkazib berilayotgan bo‘lsa,
Sotuvchi Foydalanuvchiga Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha Tovarni topshirish majburiyatini bajarilgan deb hisoblaydi, shu bilan birga,
Tovar tegishli sifatga ega va Foydalanuvchi
tomonidan rasmiylashtirilgan
Buyurtmaga to‘liq mos kelishi lozim.
Bu majburiyat Tovar Logistika
hamkorining Kuryeriga topshirilgan paytda bajarilgan deb hisoblanadi.
3.19. Foydalanuvchi va Logistika hamkori
yoki Logistika hamkorining Kuryeri o‘rtasida Yetkazib
berish shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadigan
moment – Servisda Yetkazib berish uchun mas’ul
bo‘lgan Logistika hamkori yoki Kuryer
aniqlangan payt
(3.21-bandga muvofiq) va Foydalanuvchi “Buyurtmani yuborish” tugmasini bosganida (agar to‘lov naqd pulda amalga
oshirilsa) yoki “To‘lash” tugmasini bosganida (agar onlayn to‘lov amalga oshirilsa).
Agar to‘lov Servis orqali onlayn
amalga oshirilayotgan bo‘lsa, Foydalanuvchiga to‘lovni yakunlash uchun cheklangan vaqt beriladi, ushbu muddat tugaganidan
so‘ng, agar to‘lov amalga oshirilmasa, ekranda “To‘lov muddati tugadi” xabari aks etadi.
Har qanday sababga ko‘ra onlayn-tranzaksiya
amalga oshirilmagan taqdirda, Foydalanuvchiga “Buyurtma bekor qilingan. Afsuski, to‘lov amalga
oshmadi. To‘lov
usulini tekshirib, qayta urinib ko‘ring”
bildirishnomasi ko‘rsatiladi.
Agar onlayn to‘lov
Servisga tushmasa, bu holatda Yetkazib
berish shartnomasi tuzilgan hisoblanmaydi.
3.20. Shartnomaning 3.19-bandida nazarda
tutilgan hollarda «Buyurtmani jo’natish» yoki «To’lash» tugmalarini bosish orqali Foydalanuvchi Shartnomaning 3.21-bandiga muvofiq
aniqlanadigan Logistika hamkori/Logistika hamkorining kuryeri bilan Yetkazib berish shartnomasini tuzishga to’liq va so’zsiz roziligini
(akseptini) bildiradi.
3.21. Logistika hamkori yoki Logistika hamkorining Kuryeri Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirgan va to‘lov amalga
oshirilganidan so‘ng aniqlanadi hamda Sotuvchi Buyurtmani bajarishni boshlaganida (Tovarni tayyorlash yoki yig‘ish jarayoni)
tayinlanadi.
3.22. Uzum Tezkor Foydalanuvchini
Sotuvchi Buyurtmani bajarishni boshlagani, Tovarni tayyorlash/yig‘ish jarayoni
boshlanganligi yoki Sotuvchi tomonidan Yetkazib berish jarayoni boshlangani haqida xabardor qiladi, bunda Foydalanuvchiga
push-xabarnoma yoki SMS yuboriladi, shuningdek, Servisning “Buyurtmalar” bo‘limida “Sotuvchi tayyorlamoqda/yig‘moqda” yoki “Buyurtma yetkazib berishga topshirildi/Sotuvchi Buyurtmani yetkazmoqda” holati aks ettiriladi.
Uzum Tezkor Foydalanuvchining o‘z
qurilmasida push-xabarnomalarni
o‘chirib qo‘yganligi sababli bildirishnomalarni olmasligi uchun javobgar emas va
bunday hollarda ma’lumotni olmaslik xavfi Foydalanuvchining o‘z zimmasida bo‘ladi.
Foydalanuvchi Logistika hamkori, Logistika hamkorining Kuryeri yoki Buyurtmani bajarayotgan Sotuvchi vakili haqida ma’lumot
olish uchun Servis qo‘llab-quvvatlash
xizmati Chati orqali yoki, agar Buyurtma Sotuvchi tomonidan yetkazib berilayotgan bo‘lsa, bevosita Sotuvchining o‘ziga murojaat qilishi mumkin.
3.23. Buyurtmani rasmiylashtirish uchun Foydalanuvchi Tovar va Yetkazib berish
haqida ma’lumot bilan tanishgan holda, Servisda Oldi-sotdi shartnomasi va Yetkazib berish
shartnomasi yoki Yetkazib berish sharti bilan oldi-sotdi
shartnomasini bajarish uchun zarur barcha
ma’lumotlarni kiritishi lozim, jumladan: qabul qiluvchining F.I.Sh., aloqa ma’lumotlari (telefon raqami va boshqalar),
Buyurtmani yetkazish manzili (shahar/tuman nomi, metro bekati (agar mavjud bo‘lsa), ko‘cha nomi (prospekt,
shosse va boshqalar), uy raqami (shu jumladan,
korpus, bino, mulk va boshqalar), kirish eshigi raqami,
kvartira raqami, qavat, domofon/eshik kodi (agar mavjud bo‘lsa)), to‘lov usuli hamda
Buyurtmani qabul qilish usuli (agar Yetkazib berish “Eshikkacha” rejimida amalga oshirilsa). Shundan so‘ng,
Foydalanuvchi “Buyurtmani yuborish” tugmasini (yoki unga ekvivalent
boshqa tugmani) bosadi. Buyurtmani rasmiylashtirish va to‘lovni amalga
oshirish orqali Foydalanuvchi ushbu Shartnoma, Sotuvchi bilan Oldi-sotdi shartnomasi yoki Yetkazib berish sharti bilan oldi-sotdi
shartnomasi hamda Logistika hamkori yoki Logistika hamkorining Kuryeri bilan Yetkazib berish shartnomasi shartlariga to‘liq va so‘zsiz rozilik
bildiradi, shuningdek, Servisda joylashtirilgan Tovar va Yetkazib berish
haqida barcha ma’lumotlar bilan tanishganligini tasdiqlaydi.
3.24. Foydalanuvchi 3.23-bandda nazarda
tutilgan harakatlarni bajargan paytda, u iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq Tovar va Yetkazib berish
haqida, shuningdek, Sotuvchi va/yoki
Logistika hamkori va/yoki Logistika
hamkorining Kuryeri haqida to‘liq ma’lumot
olganligini tasdiqlaydi.
4.1. Foydalanuvchi
Buyurtmani rasmiylashtirgandan
so‘ng quyidagi
hollarda undan voz kechish huquqiga
ega:
4.1.1. Logistika hamkorining Kuryeri belgilangan yetkazib berish muddatidan 90 daqiqa kechikkan yoki Sotuvchining vakili belgilangan muddatdan 30 daqiqa kechikkan bo‘lsa;
4.1.2. Logistika
hamkorining Kuryeri yoki Sotuvchining vakili Yetkazib berish xizmatini ko‘rsatishdan bosh tortgan yoki boshqa
sabablarga ko‘ra o‘z majburiyatini bajarmagan bo‘lsa
4.1.3. Servisda
texnik nosozlik yuz bergan bo‘lsa;
4.1.4. Foydalanuvchi
5, 6 va 7-bo‘limlarga muvofiq sifatli yoki sifatsiz Tovarni
qaytarish yoki almashtirish jarayonini amalga oshirayotgan bo‘lsa;
4.1.5. Yetkazib
berilgan Tovarning nomi, miqdori yoki
sifati Buyurtmaga mos kelmasa.
Agar Buyurtmada ayrim pozitsiyalar nomi, miqdori yoki sifati
bo‘yicha mos
kelmasa, Foydalanuvchi Buyurtmadan qisman voz kechish huquqiga
ega.
4.2. Foydalanuvchi
Buyurtmani bekor qilish huquqiga ega, agar Sotuvchi ovqatlanish muassasalari tomonidan tayyorlanadigan mahsulotlar bo‘yicha
tayyorlash jarayonini yoki boshqa turdagi
Tovarlar bo‘yicha yig‘ish jarayonini boshlamagan bo‘lsa, bundan 4.1-bandda nazarda tutilgan holatlar mustasno. Buyurtmaning qabul qilish bosqichlari
haqidagi tegishli ma’lumotlar Foydalanuvchining Servisdagi profilida aks ettiriladi.
4.3. Mazkur
Shartnomaning 4.1-bandda ko‘rsatilgan holatlarda,
4.1.4-banddan tashqari, Foydalanuvchi
darhol Servis qo‘llab-quvvatlash xizmati Chatiga yoki care@uzum.com elektron pochta manziliga murojaat qilib, o‘z talablarini
bildirishga majbur.
4.1.4-band bo‘yicha esa, Foydalanuvchi 5, 6 va 7-bo‘limlarda belgilangan muddatlarda murojaat qilishi shart. Shikoyatga tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlar
(skrinshotlar, fotosuratlar,
videomateriallar va boshqalar) ilova qilinishi lozim.
4.4. Agar Sotuvchi
yoki Logistika hamkori tomonidan pul mablag‘larini
to‘liq yoki qisman qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, ushbu mablag‘lar eng qisqa muddatda
qaytariladi. Biroq, pul mablag‘larining
Foydalanuvchining bank kartasiga
qayta tushish muddati Foydalanuvchining bank kartasi chiqarilgan bankning ish jadvaliga
bog‘liq.
4.5. Agar
to‘lov onlayn
amalga oshirilgan bo‘lsa, to‘liq yoki qisman pul
mablag‘larini qaytarish Sotuvchi topshirig‘iga binoan Uzum Tezkor
tomonidan To‘lov agenti orqali to‘lov
amalga oshirilgan Foydalanuvchining bank kartasiga qaytariladi. Agar to‘lov
naqd pulda amalga oshirilgan bo‘lsa, to‘liq yoki qisman pul
mablag‘larini qaytarish Sotuvchi topshirig‘iga binoan Uzum Tezkor
tomonidan To‘lov agenti orqali Foydalanuvchining
qaytarish bo‘yicha arizasida ko‘rsatilgan bank kartasi rekvizitlariga qaytariladi. Qaytarish bo‘yicha ariza
Foydalanuvchi tomonidan Uzum Tezkor ofisida
ushbu Shartnomaning
15.11-bandida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha
rasmiylashtiriladi. Uzum Tezkor qaytariladigan pul mablag‘lariga
teng miqdorda Tovar yoki Yetkazib berish
uchun chegirma beruvchi Promokod taqdim etish huquqini
saqlab qoladi.
4.6.
Uzum Tezkor Foydalanuvchining avvalgi Buyurtmalari uning aybi bilan yetkazib
berilmagan taqdirda, naqd pul bilan
to‘lov shaklida
yangi Buyurtma rasmiylashtirishni rad etish huquqiga ega. Bunday
holatlarga Foydalanuvchining
eshikni ochmasligi yoki Logistika hamkori Kuryeri yoki Sotuvchi vakilining
qo‘ng‘iroqlariga 10 daqiqa ichida javob
bermasligi, shuningdek, noto‘g‘ri, mavjud bo‘lmagan yoki to‘liq bo‘lmagan yetkazib berish manzilini ko‘rsatishi va shunga o‘xshash boshqa sabablar kiradi.
4.7. Sotuvchi Oldi-sotdi shartnomasi yoki Yetkazib berish
sharti bilan oldi-sotdi shartnomasini bajarish imkoni bo‘lmagan taqdirda
Buyurtmani bekor qilish huquqiga ega.
4.8. Agar Sotuvchi,
Logistika hamkori yoki Logistika hamkorining Kuryeri Buyurtmani bajarish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, jumladan: Sotuvchi Buyurtmani qabul qilish va
Yetkazib berish majburiyatini tasdiqlamagan bo‘lsa, bo‘sh Logistika
hamkori yoki Kuryer mavjud bo‘lmasa,
Sotuvchining Yetkazib berishni amalga oshira oladigan vakili bo‘lmasa yoki boshqa sabablar
tufayli majburiyatlarni o‘z vaqtida va
tegishli tarzda bajarishning imkoni bo‘lmasa, Uzum Tezkor Buyurtmani bekor qilish va
Foydalanuvchiga Buyurtma uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish huquqiga ega.
5.
TEGISHLI SIFATGA EGA TOVARLARNI ALMASHTIRISH VA/YOKI
QAYTARISH TARTIBI
5.1. Foydalanuvchi
Servis orqali rasmiylashtirilgan Buyurtma bo‘yicha nooziq-ovqat
Tovarni olgan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida
uni Sotuvchidan xuddi shunday Tovarga
almashtirish huquqiga ega. Agar Sotuvchida ushbu Tovarning aynan shu turi
mavjud bo‘lmasa,
Foydalanuvchi to‘langan pul mablag‘larini qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
5.2. Quyidagi
tegishli sifatga ega Tovarlar almashishga
va/yoki qaytarishga
taalluqli emas:
5.2.1. Oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan ovqatlanish muassasalari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar va biologik faol
qo‘shimchalar (BFQ);
5.2.2. Hayvonlar uchun ozuqalar, veterinariya preparatlari, jumladan veterinariya dori vositalari, yem qo‘shimchalari,
biologik preparatlar va gigiyenik mahsulotlar;
5.2.3. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi ¹75-son “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”
to‘g‘risidagi Qaroriga
1-ilovada keltirilgan va ushbu Shartnomaning 1-ilovasida
ham ko‘rsatilgan qaytarib bo‘lmaydigan va/yoki almashtirib bo‘lmaydigan sifatli Tovarlar ro‘yxatiga kiritilgan mahsulotlar.
5.3. Tegishli
sifatga ega Tovarni qaytarish faqat quyidagi shartlarga rioya qilingan taqdirda mumkin: (1) Tovar foydalanilmagan,
shikastlanmagan, asl qadoqlanishi,
muhrlari, yorliqlari va birkalari (agar mavjud bo‘lsa)
saqlangan, tashqi ko‘rinishi va iste’mol
xususiyatlari buzilmagan bo‘lishi lozim, shuningdek, (2) Foydalanuvchi ushbu Tovarning tegishli Sotuvchidan xarid qilinganligini tasdiqlovchi dalillarga ega bo‘lishi kerak.
5.4. Tegishli
sifatga ega Tovarni almashtirish va/yoki qaytarish
Foydalanuvchi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin: (a) Tovarni qabul qilish (yetkazib
berish) paytida Logistika hamkorining Kuryeri yoki Sotuvchining
vakili orqali, yoki (b) tegishli Sotuvchining savdo nuqtasida yoki Sotuvchi tomonidan e’lon qilingan boshqa joyda.
5.5. Tegishli
sifatga ega Tovarni yuklash/tushirish va Sotuvchiga
yetkazish/qaytarish bilan bog‘liq
barcha xarajatlar Foydalanuvchi (Xaridor) zimmasiga yuklatiladi.
6.1.1. Shu turdagi (xuddi shu marka,
artikulga ega) sifatli Tovarga almashtirish;
6.1.2. Boshqa
turdagi (boshqa marka, artikulga ega) sifatli Tovarga
almashtirish va xarid narxini qayta
hisoblash;
6.1.3. Tovardagi
nuqsonlarni bepul bartaraf etish yoki Foydalanuvchi yoki uning jalb
etgan uchinchi shaxsi tomonidan amalga oshirilgan tuzatish xarajatlarini qoplash;
6.1.4. Tovarning
xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirish;
6.1.5. Oldi-sotdi
shartnomasini yoki Yetkazib berish sharti bilan oldi-sotdi
shartnomasini bekor qilish va Foydalanuvchiga
yetkazilgan zararlarni qoplash.
6.2. Foydalanuvchi
6.1-bandda nazarda tutilgan
huquqlarini quyidagi muddatlarda amalga oshirishi mumkin:
6.2.1. Sotuvchi tomonidan belgilangan kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati davomida;
6.2.2. Agar Tovar uchun kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati belgilanmagan bo‘lsa, sotib
olingan kundan boshlab 6 oy ichida;
6.2.3. Sifatiga nomuvofiq oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha
sotib olingan kundan boshlab 24 soat ichida, shu
bilan birga, ovqatlanish muassasalarining yetkazib berilgan mahsulotlari haroratiga oid da’volar Yetkazib
berilgan paytdan boshlab 1 soat ichida bildirilishi mumkin.
6.3. Sifatiga
nomuvofiq Tovarni almashtirish va/yoki qaytarish tegishli Sotuvchilar tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi 1996-yil 26-apreldagi ¹ 221-I “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
13-fevraldagi ¹ 75-son qarori bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”ga muvofiq belgilangan tartib va muddatlarda
amalga oshiriladi.
6.4. Sifatiga
nomuvofiq Tovarni almashtirish va/yoki qaytarish Foydalanuvchi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin: (a) Tovarni qabul qilish (Yetkazib
berish) paytida Logistika hamkorining Kuryeri yoki Sotuvchining
vakili orqali, yoki (b) tegishli Sotuvchining savdo nuqtasida yoki Sotuvchi tomonidan e’lon qilingan boshqa joyda.
6.5. Sifatiga
nomuvofiq Tovarni yuklash/tushirish va Sotuvchiga yetkazish/qaytarish bilan bog‘liq barcha
xarajatlar tegishli Sotuvchi tomonidan qoplanadi.
7.1. Foydalanuvchi yetkazib berilgan Buyurtmadan voz kechish va uning
to‘lovini rad etish huquqiga ega, bundan dori
vositalari, tibbiy buyumlar va veterinariya
dori vositalari mustasno, quyidagi hollarda:
7.1.1. Yetkazib
berilgan Tovar Servisda buyurtma qilingan mahsulotga mos kelmasa;
7.1.2. Tovar noto‘g‘ri qadoqlangan
yoki qadoq butunligi buzilganligi sababli shikastlangan bo‘lsa;
7.1.3. Tovarning
yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa
yoki undan foydalanish natijasida nojo‘ya ta’sirlar aniqlansa.
7.2. 7.1-bandda
ko‘rsatilgan hollarda Foydalanuvchi Buyurtmadan voz kechish huquqiga faqat uni Logistika
hamkorining Kuryeri yoki Sotuvchining vakili topshirayotgan paytda ega.
7.3. Agar Foydalanuvchi
dori vositalarini qo‘llash natijasida
nojo‘ya ta’sirlarni aniqlasa, u bu haqda Buyurtmani rasmiylashtirgan tegishli Sotuvchini darhol xabardor qilish majburiyatini oladi.
8.1. Foydalanuvchi Buyurtma shakli va/yoki ro‘yxatdan o‘tish shaklida talab qilingan ishonchli, to‘liq va aktual ma’lumotlarni
taqdim etishga rozilik bildiradi.
8.2. Agar Foydalanuvchi
noto‘g‘ri yoki noto‘liq ma’lumot
taqdim etsa yoki Uzum Tezkor
taqdim etilgan ma’lumotlarning haqiqatga mos kelmasligi, to‘liqsizligi yoki noaniqligi bo‘yicha asosli shubhalarga ega bo‘lsa, Uzum
Tezkor Foydalanuvchining ro‘yxatdan o‘tishini vaqtincha to‘xtatish yoki bekor qilish,
shuningdek, Servisdan foydalanishiga rad javobini berish huquqiga ega.
8.3. Uzum
Tezkor Foydalanuvchiga oldindan xabarnoma yubormasdan va/yoki sabablarni tushuntirmasdan Servisdan foydalanishni rad etish huquqini saqlab qoladi.
8.4. Uzum Tezkor,
Servisda tayyor ovqat, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa Tovarlarni taklif qiluvchi Sotuvchilar hamda Logistika hamkorlari birgalikda Uzum Tezkor va/yoki
Sotuvchilar va Logistika hamkorlari tomonidan taqdim etiladigan chegirmalarni o‘z ichiga
olgan reklama aksiyalarini o‘tkazish huquqiga ega.
8.5. Servisda
joylashtirilgan Tovarlarning
fotosuratlari faqat ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, haqiqiy Tovar ushbu fotosuratlarga to‘liq mos kelmasligi
mumkin.
8.6. “Kuryer
uchun izoh” maydoni faqat yetkazib
berish manzilini va tartibini aniqlashtiruvchi
izohlarni kiritish uchun mo‘ljallangan.
Yetkazib berish vaqtini yoki Buyurtmani
qabul qilish vaqtini mustaqil ravishda belgilash, taom retseptini o‘zgartirish, muqobil
telefon raqamni ko‘rsatish va boshqa
shunga o‘xshash talablar ushbu maydonda kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday talablar Buyurtmani bekor qilish, to‘langan pul mablag‘larini, shu jumladan Yetkazib
berish va Servis yig‘imi qiymatini qaytarish uchun asos bo‘la
olmaydi.
8.6.1. “Restoran uchun izoh” maydoni
faqat taom tayyorlash bo‘yicha
muhim o‘zgarishlarni talab qilmaydigan maxsus istaklarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Uzum Tezkor Foydalanuvchiga
ovqatlanish muassasalari uchun izoh qoldirish
imkoniyatini yaratadi, biroq ushbu istaklarning
bajarilishini kafolatlamaydi.
Ovqatlanish muassasasi izohda ko‘rsatilgan
istaklarni bajarish yoki bajarmaslik to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qiladi
va Uzum Tezkor
bu istaklarning e’tiborsiz qoldirilishi uchun javobgar emas. Ovqatlanish muassasasi Foydalanuvchining izohida ko‘rsatilgan
talabni bajarmagan taqdirda, bu holat
Buyurtma, Yetkazib berish yoki Servis
yig‘imi uchun to‘langan mablag‘larni qaytarish uchun asos bo‘la olmaydi.
8.7. Rasmiylashtirilgan Buyurtma Sotuvchi tomonidan uning yuklamasiga qarab tasdiqlanishi yoki bekor qilinishi mumkin.
8.8. Agar Yetkazib
berish hududida Logistika hamkorining vakili, Kuryeri yoki Sotuvchi vakili
mavjud bo‘lmasa,
Uzum Tezkor Buyurtmani bekor qilish huquqiga ega. Bunday holda,
Buyurtma uchun to‘langan mablag‘
Foydalanuvchiga qaytariladi.
8.9. Foydalanuvchiga
taqdim etiladigan Yetkazib berish muddati bo‘yicha
bildirishnomalar faqat axborot xarakteriga ega bo‘lib, Uzum
Tezkor, Sotuvchi, Logistika hamkori yoki Logistika hamkorining Kuryeri nazorat qila olmaydigan
holatlar, jumladan ob-havo sharoitlari, yo‘l tirbandliklari va boshqa kechikish
omillarini hisobga olmasligi mumkin. Shuningdek, Foydalanuvchi yuqori talab davrida (mavsumiy yoki ommaviy
Promokodlar tarqatilishi sababli) Buyurtmaning tasdiqlanishi va Yetkazib berish muddati oshishi mumkinligini tasdiqlaydi va bunga rozilik
bildiradi.
8.10. Xizmat
ko‘rsatish sifatini nazorat qilish, nizoli vaziyatlarni hal qilish va Servis
jarayonlarini takomillashtirish
maqsadida Uzum Tezkor Foydalanuvchining Logistika hamkorining Kuryeri bilan barcha
suhbatlarini yozib borishi mumkin. Foydalanuvchi Kuryer bilan bog‘lanish
uchun Uzum Tezkor tomonidan tayinlangan maxsus telefon raqamidan foydalanishini qabul qiladi. Uzum Tezkor
Foydalanuvchi tomonidan telefon suhbatlari davomida taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq qayta ishlash majburiyatini
oladi, bunda shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish,
saqlash, o‘zgartirish, qo‘shimcha qilish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, anonimlashtirish va yo‘q qilish
tushuniladi. Foydalanuvchi telefon suhbatlari davomida uchinchi shaxslarga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni oshkor etgan taqdirda,
u ularning roziligini olish majburiyatini oladi. Yozib olingan
telefon suhbatlari qayta ishlash maqsadlariga
erishish uchun zarur bo‘lgan
muddat davomida saqlanadi, shundan so‘ng Uzum Tezkor
ushbu yozuvlarni o‘chiradi yoki anonimlashtiradi. Uzum Tezkor har bir
aloqa paytida Foydalanuvchini suhbat yozib olinishi haqida xabardor qilish majburiyatini oladi.
9.1. Foydalanuvchi
tomonidan tuzilgan Yetkazib berish shartnomasiga muvofiq, Buyurtmalar Logistika hamkorlari va/yoki
Logistika hamkorining Kuryerlari tomonidan yetkazib beriladi. Bunda Logistika hamkorlari yuridik shaxslar bo‘lishi
mumkin, ularning tashkiliy-huquqiy shakli va xo‘jalik faoliyati
turi cheklanmagan, shuningdek, Tovarlarni yetkazib berish faoliyatini amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar ham Kuryer sifatida ishtirok etishi mumkin.
9.2. Foydalanuvchi
tomonidan tuzilgan Yetkazib berish sharti bilan Oldi-sotdi
shartnomasiga muvofiq, Buyurtma Sotuvchi tomonidan yetkazib beriladi va bunda
Yetkazib berish shartlari Servisda tegishli Sotuvchi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9.3. Uzum
Tezkor Servisda ko‘rsatilgan Yetkazib
berish vaqtiga muvofiq majburiyatlarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida Sotuvchining savdo nuqtalari uchun Yetkazib berish zonalarini mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega (agar Yetkazib berish Logistika hamkori va/yoki Logistika
hamkorining Kuryeri tomonidan amalga oshirilsa). Buyurtmaning Yetkazib berish vaqti Uzum Tezkor
Servisida ko‘rsatiladi,
bunda umumiy yetkazib berish muddati Servisda “Buyurtma Yetkazib berishga topshirildi/kuryerga topshirildi” yoki shunga o‘xshash ma’lumot aks etgan
vaqtdan boshlab 2 soatdan oshmasligi kerak.
9.4. Foydalanuvchi
Yetkazib berishni amalga oshiruvchi shaxslar uchun Yetkazib berish manziliga to‘sqinliksiz
kirish imkoniyatini ta’minlashga, shuningdek, Buyurtmani qabul qilish uchun o‘zi
yoki uning nomidan Buyurtmani qabul qila oladigan
uchinchi shaxsning ko‘rsatilgan manzilda bo‘lishini ta’minlashga majburdir.
9.5. Foydalanuvchi Buyurtmani qabul qilish chog‘ida
uning tarkibini tekshirish va Buyurtmaga
muvofiqligini aniqlash majburiyatini oladi. Agar Yetkazib berilgan Buyurtma bilan bog‘liq muammolar
aniqlansa, Foydalanuvchi ushbu Buyurtmani qabul qilmaslik huquqiga ega.
9.6. Yetkazib
berish majburiyatlari Logistika hamkori yoki Logistika hamkorining Kuryeri ko‘rsatilgan Yetkazib
berish manziliga yetib kelgan paytda
bajarilgan hisoblanadi. Shu
bilan birga, Buyurtmani topshirish bo‘yicha majburiyatlar
Logistika hamkori yoki Logistika hamkorining Kuryeri Buyurtmani Foydalanuvchiga topshirgan paytda bajarilgan deb hisoblanadi.
9.7. Agar Yetkazib
berish o‘z vaqtida amalga oshirilgan bo‘lsa, biroq Foydalanuvchi Buyurtmani qabul qilish uchun ko‘rsatilgan
manzilda bo‘lmasa va/yoki Logistika
hamkorining vakili, Kuryeri yoki Sotuvchi
vakili yetib kelgan vaqtdan boshlab 10 daqiqa ichida bog‘lanmasa yoki Buyurtmani nomi, sifati, miqdori
yoki to‘plami bilan bog‘liq bo‘lmagan
sabablarga ko‘ra qabul qilishdan bosh tortsa, Uzum Tezkor
ushbu Buyurtmani bekor qilish huquqiga
ega, bunda Foydalanuvchi Yetkazib berish xarajatlari va Servis yig‘imini
qoplash majburiyatini oladi. Agar bekor qilingan Buyurtma bo‘yicha Foydalanuvchi
onlayn to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsa, Buyurtma uchun to‘langan mablag‘lar (Tovar qiymati, Yetkazib berish narxi va Servis
yig‘imi) qaytarilmaydi.
9.8. Agar Buyurtma
onlayn to‘lov
orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, Foydalanuvchiga o‘z xohishiga ko‘ra Logistika hamkorining Kuryeriga qo‘shimcha naqd pulsiz to‘lov
(keyingi o‘rinlarda — Choychaqa) qilish va Yetkazib berish
bo‘yicha fikr-mulohaza qoldirish imkoniyati berilishi mumkin. Choychaqa to‘lash
uchun Foydalanuvchi “Choychaqa qoldirish” tugmasini bosganida, Uzum Tezkor hamkorining
servisiga yo‘naltiriladi va barcha keyingi
harakatlarini ushbu servis doirasida amalga oshiradi. Choychaqa miqdori va to‘lov
usullari Uzum Tezkor hamkorining servisida ko‘rsatiladi, bunda maksimal Choychaqa miqdori cheklangan bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchi Uzum Tezkor hamkorining
servisida joylashtirilgan ommaviy oferta shartlari va maxfiylik
siyosati bilan tanishishi shart va “To‘lash”
tugmasini bosish orqali ushbu hujjatlardagi
shartlarga rozilik bildiradi. Shuningdek, Foydalanuvchi Choychaqa o‘tkazish jarayonida
Uzum Tezkor hamkori tomonidan qo‘shimcha komissiya olinishi mumkinligini tushunadi.
9.9. Agar
nizoli holatlar yuzaga kelsa, Uzum
Tezkor, Sotuvchi, Logistika hamkori yoki Logistika hamkorining Kuryeri uchun Foydalanuvchi bilan bog‘lanishning
asosiy vositasi ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan mobil telefon raqami
hisoblanadi.
10.1.
Servis mualliflik huquqi bilan himoyalangan
materiallar, tovar belgilari va qonun
bilan himoyalangan boshqa materiallarni o‘z ichiga
oladi, jumladan, matnlar, fotosuratlar, grafik tasvirlar va boshqa tarkibiy
elementlar — lekin faqat ular bilan
cheklanmagan.
10.2. Shu bilan
birga, Servisdagi barcha kontent O‘zbekiston Respublikasining
mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to‘g‘risidagi qonunchiligiga
muvofiq jamoaviy ijodiy mehnat mahsuli
sifatida mualliflik huquqi bilan himoyalangan.
10.3.
Uzum Tezkor Servis tarkibidan foydalanish huquqiga egalik qiladi (jumladan, Servisda joylashgan ma’lumotlarni tanlash, joylashtirish, tizimlashtirish va o‘zgartirish huquqlari,
shuningdek, ushbu ma’lumotlarning o‘ziga nisbatan huquqlar), bundan Servisda e’lon qilingan materiallarning tarkibida alohida belgilangan holatlar mustasno.
10.4. Foydalanuvchi
Servis tarkibiga o‘zgartirish kiritish,
uni nashr etish, uchinchi shaxslarga uzatish, sotish yoki boshqa
shaxsga berish, undan asoslangan mahsulotlar yaratish yoki Servis mazmunidan
butunlay yoki qisman boshqa har
qanday tarzda foydalanish huquqiga ega emas.
10.5. Foydalanuvchi
Servisdan faqat ushbu Shartnomaning 1.5-bandida belgilangan qonuniy maqsadlarda foydalanishga majburdir.
10.6. Foydalanuvchi
Servisda quyidagi mazmundagi har qanday materiallarni joylashtirmaslik va Servis orqali yoki
Servis vositasida bunday materiallarni hech qanday manzilga
yubormaslik majburiyatini oladi:
●O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzuvchi, tahdid va haqoratlarni
o‘z ichiga oluvchi, boshqa shaxslarning sha’nini kamsituvchi, fuqarolarning shaxsiy hayoti yoki jamoat tartibiga
tajovuz qiluvchi, odobsiz mazmundagi materiallar;
●Boshqa shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini, ularning qonun bilan himoyalangan huquqlari va manfaatlarini
buzuvchi har qanday materiallar; diniy, irqiy yoki
millatlararo adovatni qo‘zg‘atishga da’vat
etuvchi yoki adovat uyg‘otishga urinish, shuningdek, zo‘ravonlikka chaqiruvchi materiallar;
●Boshqa shaxslarni noqonuniy harakatlarga undovchi, jinoiy, fuqarolik-huquqiy yoki boshqa javobgarlikka
sabab bo‘lishi
mumkin bo‘lgan har qanday materiallar
yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini har qanday tarzda
buzuvchi kontent.
10.7. Foydalanuvchi Servisda yoki Servis
orqali hech qanday mahsulot yoki xizmatlarni reklama qiluvchi materiallarni Uzum Tezkorning oldindan aniq roziligisiz joylashtirmaslik va jo‘natmaslik majburiyatini
oladi.
10.8. Foydalanuvchi
Servisdan hech qanday mahsulot yoki xizmatlarni reklama qilish yoki ularning sotilishini
rag‘batlantirish uchun foydalanmaslik majburiyatini oladi, jumladan, boshqa interaktiv xizmat tizimlariga obuna bo‘lishga undash, ayniqsa Uzum Tezkor
raqobatchisi bo‘lgan tizimlarga yo‘naltirish, lekin faqat shu
bilan cheklanmagan holda.
10.9. Foydalanuvchi
Servisga yuklamaslik, joylashtirmaslik yoki boshqa har qanday
tarzda foydalanmaslik majburiyatini oladi, agar ushbu materiallar intellektual mulk qonunchiligi (jumladan, mualliflik huquqi va tovar belgilari
to‘g‘risidagi qonunchilik) bilan himoyalangan bo‘lsa va ularni joylashtirish
uchun huquq egasining aniq roziligi olinmagan bo‘lsa. Shu bilan birga, Servisga joylashtirilgan materiallar mualliflik, turdosh va boshqa huquqlarni
buzmasligini isbotlash majburiyati Foydalanuvchining zimmasida bo‘ladi,
shuningdek, ushbu materiallarni noqonuniy joylashtirish bo‘yicha barcha javobgarlik ham Foydalanuvchiga yuklatiladi.
10.10. Uzum Tezkor
Foydalanuvchi tomonidan e’lon qilingan sharhlar (fikr-mulohazalar) uchun javobgar emas.
10.11. Uzum
Tezkor Foydalanuvchining sharhiga izoh qoldirish,
sharhni joylashtirmaslik yoki O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligini
buzuvchi hamda uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazuvchi (shu jumladan, haqoratli
yoki sha’ni, qadr-qimmati va obro‘sini kamsituvchi) sharhlarni o‘chirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
11.1. Uzum Tezkor
Sotuvchi va/yoki Logistika hamkori va/yoki
Logistika hamkorining Kuryeri hamda boshqa
hamkorlarning Foydalanuvchi
oldidagi majburiyatlarini bajarishi yoki bajarmasligi uchun, shuningdek, ular tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun
javobgar emas. Uzum Tezkor faqat
Foydalanuvchi bilan Servisda taqdim etilgan Sotuvchilar, Logistika hamkorlari, Logistika hamkorining Kuryerlari va boshqa
hamkorlar o‘rtasida
axborot bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida xizmat qiladi.
11.2. Uzum Tezkor
quyidagi holatlarda Foydalanuvchi oldida javobgar emas:
- buyurtma va Choychaqa uchun
to‘lovlarning kechikishi Uzum Tezkor va/yoki
u tomonidan jalb qilingan xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning aybi bilan yuzaga
kelmagan bo‘lsa (bunda ushbu shaxslarning
harakatlari yoki harakatsizligi uchun Uzum Tezkor javobgar
bo‘lmaydi);
- foydalanuvchining aybi bilan Buyurtma
yoki Choychaqa uchun noto‘g‘ri
to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa;
- Bank
kartasi egasi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan xavfsizlik choralariga rioya qilinmagan bo‘lsa;
- Bank
kartasi egasining bank kartasidan foydalangan holda sodir etilgan
jinoyatlarga aloqadorligi aniqlangan bo‘lsa;
- Foydalanuvchi tomonidan ushbu Shartnoma shartlari, Uzum Tezkor hamkorlarining
servislaridan foydalanish qoidalari yoki alohida xizmatlar qoidalari buzilganligi natijasida zarar yuzaga kelgan bo‘lsa.
11.3. Uzum Tezkor
Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan bank kartasi ma’lumotlariga ega emas va
onlayn-to‘lov amalga oshirilayotganda uzatiladigan ma’lumotlarning saqlanishi hamda maxfiyligi uchun javobgar emas. Onlayn-to‘lov
Foydalanuvchi tomonidan vakolatli to‘lov provayderlari (shu jumladan elektron to‘lov vositalari operatorlari), To‘lov agenti yoki boshqa
hisob-kitob jarayonlari ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi hamda xalqaro to‘lov
tizimlari, banklar (jumladan, bog‘langan kartani chiqaruvchi bank) va boshqa hisob-kitob
ishtirokchilarining qoidalariga
muvofiq tartibga solinadi.
11.4. Uzum Tezkor
quyidagi holatlarda Foydalanuvchining Buyurtmasini bekor qilish, shaxsiy
profilini bloklash huquqiga ega:
- Foydalanuvchi Servis qo‘llab-quvvatlash
xizmati Chati vakillari, Logistika hamkori vakillari/Kuryeri, Yetkazib berishni amalga oshiruvchi shaxslar, Sotuvchi vakillari bilan muloqotda nojo‘ya so‘zlar ishlatgan bo‘lsa;
- Foydalanuvchining yuqorida ko‘rsatilgan
shaxslar va ularning vakillariga nisbatan qo‘pol, hurmatsiz yoki noo‘rin xatti-harakatlari kuzatilgan bo‘lsa;
- Foydalanuvchi ushbu Shartnoma talablarini buzgan bo‘lsa;
- Foydalanuvchi firibgarlik bilan shug‘ullangan, Uzum
Tezkorni aldashga uringan yoki yetkazib
berilgan Buyurtma haqida ataylab noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan bo‘lsa
(soxtalashtirilgan yoki qalbakilashtirilgan ma’lumotlar, jumladan, foto va videofayllar orqali), moddiy yoki boshqa foyda
olish yoki Uzum Tezkorning ishchanlik obro‘siga zarar yetkazish maqsadida harakat qilgan bo‘lsa. Bunday holatlar aniqlangan taqdirda, Uzum Tezkor Foydalanuvchini javobgarlikka tortish uchun huquq-tartibot organlariga murojaat qilish huquqini o‘zida saqlab
qoladi;
- Foydalanuvchining xatti-harakatlari yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarning
hayoti, jismoniy yoki ruhiy salomatligi
yoki mulkiga tahdid solsa.
12.1. Foydalanuvchi Servis va unga
tegishli barcha zaruriy dasturlar maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga
olishini hamda ushbu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan himoyalanganligini tan oladi va bunga rozilik
bildiradi. Foydalanuvchi ushbu kontent va
dasturlarni butunlay yoki qisman o‘zgartirmaslik, sotmaslik va tarqatmaslik majburiyatini oladi.
13.1. Foydalanuvchi Servisdagi profilida ko‘rsatgan shaxsiy
ma’lumotlari, shuningdek, so‘rovlar va intervyular
davomida oshkor qilinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar, Foydalanuvchining Uzum Tezkor qo‘llab-quvvatlash xizmati vakillari va/yoki Sotuvchi,
Logistika hamkorining Kuryeri bilan telefon
suhbatlari yozuvlari Uzum Tezkor tomonidan
Maxfiylik siyosati shartlariga muvofiq saqlanadi va qayta
ishlanadi. Foydalanuvchi ushbu Shartnomada, shuningdek, Maxfiylik siyosatida ko‘rsatilgan
maqsadlar uchun o‘z shaxsiy ma’lumotlarini
qayta ishlashga rozilik bildiradi.
13.2. Foydalanuvchi “Uzum Tezkor”ga Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish, “Uzum” kompaniyalar guruhiga, “Play Mobile” MChJ,
“EIGHT GROUP” MChJ, “IST TELEKOM” MChJ
QK, “COSCOM” MChJ, “MULTICARD PAYMENT” AJ, Sotuvchilarga, Logistika hamkorlariga/Logistika hamkorlarining Kuryerlariga Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini uzatishga rozilik beradi, shuningdek Foydalanuvchi Uzum kompaniyalar guruhi, Play Mobile MChJ, EIGHT
GROUP MChJ, IST TELEKOM MChJ
QK, COSCOM MChJ, MULTICARD PAYMENT AJ, Sotuvchilar, Logistik Partner/Logistik Partner Kuryerlari
tomonidan ushbu shaxsga doir ma'lumotlarning
Servisdan foydalanish, tegishli Buyurtmani Servisda rasmiylashtirish, Foydalanuvchi bilan va “Uzum Tezkor”
kompaniyasi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar bilan tegishli shartnomalar tuzish maqsadida ishlov berishiga rozilik beradi.
13.3. Foydalanuvchi Uzum Tezkordan “UZUM BANK” AJga uzatilishiga va “UZUM BANK” AJ tomonidan
Foydalanuvchining shaxsini aniqlash uchun identifikator bo‘lmagan,
balkim xatti-harakatlarga oid bo‘lgan ma’lumotlar
quyidagi boshqa ma’lumotlarni ishlov berilishiga roziligini beradi:
- Uzum kompaniyalar
guruhi mobil ilovalaridan foydalanganda kiritilgan manzillar;
- Profil uchun
yuklangan rasm;
- Foydalanuvchi shaxsiy xohishlariga ko‘ra o‘rnatilgan
qo‘shimcha sozlamalar.
13.4. Foydalanuvchi
o‘z shaxsiy
ma’lumotlarini aniq yuridik shaxslarga uzatish bo‘yicha roziligini qaytarish uchun Uzum Tezkor
manziliga yozma so‘rov yuborish huquqiga ega. Uzum
Tezkor bunday so‘rovni 30 kalendar
kuni ichida ko‘rib chiqadi.
14.1. Servisga nisbatan barcha mutlaq huquqlar, jumladan, domen nomiga bo‘lgan
huquqlar, Servisning tovar belgisi, ma’lumotlar bazalari, Servisdan foydalanishni ta’minlovchi barcha texnik ishlanmalar va boshqa tarkibiy
qismlar Uzum Tezkorga tegishli.
14.2. Foydalanuvchi
ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan usullarda Servisdan foydalanish, shu jumladan, Shartnomada ko‘zda tutilmagan
shaklda ma’lumotlarni olish huquqiga ega emas.
14.3. Foydalanuvchi
Uzum Tezkorga barcha hududlarda amal qiluvchi, muddatsiz huquqni taqdim etadi, unga
ko‘ra Uzum
Tezkor Foydalanuvchi tomonidan Internet tarmog‘ida ochiq holda joylashtirilgan
foto, matn va boshqa kontentlarni
har qanday usulda, barcha mavjud yoki kelajakda
yaratilishi mumkin bo‘lgan axborot tashuvchilarda foydalanishi, shuningdek, ushbu huquqni uchinchi shaxslarga muallif nomi ko‘rsatilgan holda yoki ko‘rsatmasdan
berishi mumkin. Ushbu huquq quyidagi
maqsadlarda amalga oshiriladi: Shartnomani bajarish, tanlovlar va reklama aksiyalarini
o‘tkazish, foydalanuvchilarni xabardor qilish va boshqa
shunga o‘xshash tadbirlarni
amalga oshirish, Uzum Tezkorning qonuniy huquq va
manfaatlarini himoya qilish, Servis faoliyatini ta’minlash.
15.1. Ushbu Shartnoma
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.
15.2.
Shartnoma Foydalanuvchi Servisda ro‘yxatdan
o‘tgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
15.3. Ushbu
Shartnomadan kelib chiqadigan va/yoki
u bilan bog‘liq
bo‘lgan barcha nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi normalariga muvofiq hal etiladi.
15.4. Ushbu
Shartnoma Foydalanuvchi va Uzum Tezkor
o‘rtasida agentlik, sheriklik, qo‘shma faoliyat, ishga yollash yoki
ushbu Shartnomada bevosita nazarda tutilmagan boshqa har qanday huquqiy
munosabatlarni o‘rnatmaydi.
15.5. Foydalanuvchi
o‘zining huquqiy
layoqatga ega shaxs ekanligini hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Sotuvchi bilan Chakana oldi-sotdi
shartnomasi va Logistika hamkori/Kuryeri bilan Yetkazib
berish shartnomasini yoki Sotuvchi bilan
Yetkazib berish sharti bilan Chakana
oldi-sotdi shartnomasini tuzish, shuningdek, ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan boshqa bitimlar va harakatlarni
amalga oshirish uchun zarur yoshga
yetganligini tasdiqlaydi. Foydalanuvchi yosh cheklovi belgilangan Tovarlarni buyurtma qilishdan oldin, ushbu Tovarlarni sotib olish uchun
qonuniy yosh talablariga javob berishini tasdiqlaydi.
15.6.
Foydalanuvchi Uzum Tezkor tomonidan Servisdan foydalanish tajribasini tahlil qilish va o‘rganish maqsadida SMS-xabar yoki push-bildirishnomalar orqali o‘tkaziladigan so‘rov va intervyularda ishtirok etishga taklif qilinishi mumkinligini qabul qiladi. Ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, Foydalanuvchi
istalgan vaqtda Servisdan foydalanish imkoniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan undan voz kechishi
mumkin. Uzum Tezkor Foydalanuvchiga so‘rov va
intervyularda ishtirok etganlik uchun Tovar yoki Yetkazib berish
narxiga chegirma beruvchi Promokod/lar taqdim etish huquqini
o‘zida saqlab qoladi.
15.7.
Foydalanuvchi Servisdan foydalanish jarayonida “Yandex.Kartalar” xizmatidan foydalanishini qabul qiladi. “Yandex.Kartalar” xizmatidan foydalanish shartlari quyidagi havolada mavjud: https://yandex.ru/legal/maps_termsofuse/.
15.8. O‘zbekiston
Respublikasining 1996 yil
26-apreldagi ¹ 221-I “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, Sotuvchi va Logistika
hamkori/Kuryeri haqida tegishli ma’lumotlar Foydalanuvchiga Servisda yoki bevosita
Sotuvchining sahifasida taqdim etiladi. Servisda ko‘rsatilgan
Sotuvchining ish vaqti uning Buyurtmalarni
qabul qilish vaqtiga mos keladi,
agar Sotuvchi tomonidan boshqa tartib belgilangan
bo‘lmasa.
15.9. Uzum
Tezkor ushbu Shartnomaga Foydalanuvchilarning roziligisiz o‘zgartirishlar
kiritish huquqiga ega. Shunda Uzum
Tezkor bunday o‘zgarishlar to‘g‘risida,
ular kuchga kirishidan kamida 15 (o‘n besh) kun
oldin bu haqda https://uzumtezkor.uz veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida e’lon joylashtirish orqali Foydalanuvchilarni xabardor qiladi. Bunday o'zgartirishlar/qo'shimchalar Shartnomaning o'zgartirilgan
matni (uning ajralmas qismi bo'lgan hujjatlar) Internet tarmog'ida https://uzumtezkor.uz/terms-of-use
havolasi bo'yicha joylashtirilgan kundan boshlab 15 kun o'tgach kuchga kiradi, agar o'zgartirishlar e'lon qilingandan keyin qo'shimcha ravishda kuchga kirishi uchun boshqa
muddat belgilanmagan bo'lsa. Uzum Tezkor
tomonidan mazkur Shartnomaga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar
uning amaldagi versiyasida aks ettirilgan bo‘lib, quyidagi: https://uzumtezkor.uz/terms-of-use
havolada mavjud. Shartnoma yangi tahrirga almashtirilgunga qadar muddatsiz amal qiladi. Foydalanuvchi
Shartnomaning
yangi tahriri bilan tanishmaslik xavfini o’z zimmasiga
oladi. O’zgartirishlar kuchga kirgandan keyin Servisdan foydalanishni davom ettirish Foydalanuvchi tomonidan Shartnomaning yangi tahriri to’liq
va so’zsiz qabul qilinganligini anglatadi.
Agar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Shartnomani bir
tomonlama o’zgartirishga yo’l qo’yib bo’lmaydigan
bo’lsa, bunday o’zgartirishlar Foydalanuvchi uchun tasdiqlovchi har qanday usulda
rozilik bildirganda, shu jumladan Buyurtmaning
navbatdagi to’lovini amalga oshirishda yoki Servisdan navbatdagi foydalanishda kuchga kiradi.
15.10. Uzum
Tezkor Servisda Promokodlardan foydalanish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi. Promokodlar bo‘yicha
Tovar yoki Yetkazib berish narxiga chegirmalar faqat Uzum Tezkor tomonidan
tasdiqlangan holatlar va tartibda qo‘llaniladi.
Promokodlar doimiy chegirma olish vositasi emas. Agar Uzum Tezkor Foydalanuvchining
Promokodlardan shubhali foydalanishini aniqlasa, Uzum Tezkor Foydalanuvchining
Promokodlardan foydalanishini
vaqtincha yoki butunlay cheklash yoki Foydalanuvchining Servisga kirish huquqini cheklash huquqiga ega.
15.11. Shartnoma ijrosi bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha Uzum Tezkorning quyidagi manziliga murojaat qilish mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 132 A.
15.12. Rekvizitlar:
- «UZUM BANK» AJ: STIR: 309016201, 28.11.2022-yildagi
88-sonli litsenziya, manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor koʻchasi, 30-uy, telefon:
+998 78 777 07 99.
- Toʻlov agenti «UZUM» MChJ: STIR:
310088430, manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Kichik Xalqa avtomobil
yoʻli koʻchasi,
56-uy.
E’lon qilingan sanasi: “29”-aprel
2025-y.
Kuchga kirish sanasi: “14”-may 2025-y.
1-sonli Ilova
Tegishli sifatga
ega bo’lgan, lekin qaytarib berilmaydigan yoki shunga o‘xshash boshqa
tovar bilan almashtirib bo‘lmaydigan nooziq-ovqat tovarlar ro‘yxati
1. Uy sharoitida
kasalliklarning oldini olish va davolash
uchun mo‘ljallangan
mahsulotlar – sanitariya va gigiyena buyumlari
(metall, rezina, to‘qimachilik va boshqa materiallardan tayyorlangan mahsulotlar), tibbiy buyumlar va tibbiy texnika,
og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi vositalari, ko‘zoynak linzalari, bolalar parvarishiga mo‘ljallangan mahsulotlar, dori vositalari.
2. Shaxsiy gigiyena
buyumlari – tish cho‘tkalari, taroq
va soch qisqichlari,
soch bigudilari, parik va shignonlar,
shuningdek, shunga o‘xshash
boshqa mahsulotlar.
3. Parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari.
4. To‘qimachilik mahsulotlari – paxta, zig‘ir, ipak, jun va sintetik matolar, nozik mato mahsulotlari (lenta, to‘qilgan tasmalar, dantellar va boshqalar); kabel mahsulotlari (simlar, shnurlar, kabellar); qurilish va pardozlash materiallari (linoleum, plyonka, gilam qoplamalari va boshqalar), o‘lcham bo‘yicha sotiladigan boshqa mahsulotlar.
5. Tikuv va trikotaj mahsulotlari – ichki kiyimlar, paypoq, qo‘lqop va shunga o‘xshash mahsulotlar.
6. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan bevosita aloqa qiluvchi polimer materiallardan tayyorlangan buyumlar, jumladan bir martalik foydalanishga mo‘ljallangan mahsulotlar – idish-tovoqlar, oshxona anjomlari, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish uchun mo‘ljallangan idishlar va qadoqlash materiallari.
7. Maishiy kimyo
mahsulotlari, pestitsidlar va agroximikatlar.
8. Mebel mahsulotlari
– mebel garniturlari va to‘plamlari.
9. Qimmatbaho metallardan
tayyorlangan buyumlar – qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan mahsulotlar, yarim qimmatbaho va sun’iy
toshlar bilan bezatilgan qimmatbaho metall buyumlar, qimmatbaho toshlarning kesilgan shakllari.
10. Avtomobillar, mototsikllar,
velosiped mahsulotlari – ularga moslashtirilgan tirkamalar va davlat
raqamiga ega agregatlar, qishloq xo‘jaligi ishlarini
mexanizatsiyalash uchun mo‘ljallangan kichik harakatlanish vositalari, sayr qilish uchun
mo‘ljallangan kemalar va boshqa maishiy
suzish vositalari.
11. Murakkab texnik
jihozlar, kafolat muddati belgilangan quyidagi mahsulotlar: metall va yog‘ochni qayta ishlash stanoklari, maishiy elektr jihozlari va qurilmalar,
radioelektron apparaturalar,
kompyuter va nusxa ko‘chirish texnikasi, foto va kinokameralar, telefon va faks
apparatlari, elektr musiqa asboblari, elektron o‘yinchoqlar.
12. Jonivorlar va
o‘simliklar.